narrator-icon
Konstitutsiyaviy lug’at

voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish. 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan bo‘lsa yoki ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoxud homiysining roziligiga binoan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u to‘la muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi mumkin.

qonunda belgilangan tartib-taomillar va shartlarga muvofiq to‘liq yoki qisman davlat hisobidan ko‘rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordam.

bu siyosiy tizim bo‘lib, bunda siyosiy hokimiyat o‘z xohishini erkin bayon etadigan ko‘pchilik fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.

(lotincha deputatus – vakil) – Oliy Majlisga va mahalliy kengashlarga xalq tomonidan saylanadigan insonlar. Ular xalqning vakili hisoblanadi va insonlarning huquqlarini himoya qiladi.

siyosiy va boshqa masalalarni hal etish uchun yigʻilish va namoyish oʻtkazish.

bu insonning asosiy shaxsiy erkinliklaridan biri. Inson xohlagan diniga eʼtiqod qilishi mumkin. Hech kim unga mana bu dinga kirasan, bu dinga eʼtiqod qilasan deyishga haqqi yoʻq. U xohlasa Islom diniga, xohlasa boshqa dinlarga eʼtiqod qilishi mumkin. Yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmasligi ham mumkin. Bu uning dinga eʼtiqod qilish boʻyicha huquqi hisoblanadi.

fuqarolarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, birgalikda dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan ko‘ngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy ta’lim muassasasi va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi).

odamlarni tili, dini, millati, irqi va ijtimoiy kelib chiqishiga qarab ajratish. Baʼzilarga huquqlarni koʻproq berib, boshqalarning huquqlarini cheklab qoʻyish.

tirik organizmlarning o‘zaro va ularning yashash muhiti bilan bo‘ladigan munosabati haqidagi fan.

fuqarolarning huquqlaringizni himoya qiladigan shaxs.