oila qurish mumkin boʻlgan yosh. Oʻzbekistonda nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilangan.
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
25 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin.
Sudyalik lavozimida kamida 5 yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida 3 yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida 3 yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan e’tiboran 5 yil o‘tmagan bo‘lsa, 6 oy muddat stajirovka o‘taydi.
nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Yaʼni ota-ona, farzandlar va boshqa yaqin qarindoshlarning birlashmasi oila deyiladi.
biror mol-mulkni kimgadir sotish yoki sotib olish.
oliy davlat vakillik organi. U qonun chiqaruvchi hokimiyatdir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. Qonunchilik palatasi va Senatning vakolat muddati – besh yil.
nishon. Alohida xizmatlari uchun beriladigan davlat mukofoti.
O‘zbekiston Respublikasining ordenlariga quyidagilar kiradi:
“Mustaqillik” ordeni;
“Amir Temur” ordeni;
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni;
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni;
“El-yurt hurmati” ordeni;
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni;
“Mehnat shuhrati” ordeni;
“Faxriy murabbiy” ordeni;
I va II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni;
I va II darajali “Shon-sharaf” ordeni;
“Do‘stlik” ordeni;
I va II darajali “Salomatlik” ordeni;
“Mardlik” ordeni.
O‘zbekiston Respublikasining ordenlari tarkibiga “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni, “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni va “Imom Buxoriy” ordeni ham kiradi.
Ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan (bundan buyon matnda chiqariladigan deb yuritiladi), qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasidir.
qonunlar chiqaradigan organ.
shaxsning qaysi davlat fuqarosi ekanligini belgilaydigan hujjat.
fuqarolar ma’lum bir yoshga etganida davlat tomonidan tayinlanadigan doimiy to’lov. Pensiya bir umrga tayinlanadi.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.