narrator-icon
Konstitutsiyaviy lug’at

xalq tomonidan saylanadigan davlat rahbari.

shaxsni batamom ajratgan sharoit ostida saqlashdan iborat jazo chorasi.

bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs o‘rtasidagi to‘g‘ri shajara bo‘yicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, yaʼni tug‘ilish soni bilan belgilanadi.

bu davlat hokimiyati organining o‘z vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan va shu maqsadni amalga oshirish vositalari va yo‘llarini nazarda tutgan boshqaruv vaziyatini tahlil etish va baholashga oid erki ifodasi.

davlat hokimiyatining oliy vakillik organi tomonidan yoki bevosita xalqning xohish-irodasiga ko‘ra (masalan, referendum o‘tkazish yo‘li bilan) qabul qilingan va qoida tariqasida, eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik hujjat.

qonunga asosan va uning ijrosini taʼminlash yuzasidan chiqariladigan normativ va normativ bo‘lmagan huquqiy hujjatlar.

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning musobaqalashuvi. Bunda ularning mustaqil harakatlari har bir subyekt tomonidan tegishli tovar bozoridagi tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga taʼsir ko‘rsatish imkoniyatini cheklaydi.

(lot. referendum – xabar berilishi lozim bo‘lgan narsa) – davlat yoki ijtimoiy hayotning muhim masalalari bo‘yicha saylovchilarning ovoz berishidir, yaʼni alohida jamiyat va davlat ahamiyatiga molik masalani hal qilish uchun umumxalq ovoziga, so‘roviga qo‘yilishi. Referendum – eng muhim masalalarni fuqorolarining bevosita ishtirokida hal qilish. Referendum – umumxalq ovozi. U mamlakat hayotidagi muhim masalalarni hal qilish, qonunlar qabul qilish uchun o‘tkaziladi.

davlat hokimiyati aholi yoki umummilliy vakillik muassasalari (parlamentlar) tomonidan muayyan muddatga saylab qo‘yiladigan yuqori organlar tomonidan amalga oshiriladigan davlat boshqaruvi shakli.

ovoz berish orqali davlat organlari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi.