narrator-icon
Konstitutsiyaviy lug’at

davlat yoki biror-bir tashkilotning biriktirilgan belgisi, ramzi. U bir yoki bir necha rangdagi matodan iborat boʻladi. O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i moviy, oq, yashil, qizil ranglardan iborat va unda navqiron yarim oy va 12 ta yulduz tasviri aks etgan.

(italyancha: banco — stol) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs.

davlat yoki xalqaro tashkilotda ustuvor mavqega ega bo‘lgan tildir. O‘zbekiston Respublikasida davlat tili o‘zbek tili hisoblanadi.

jinoyat sodir etgani to‘g‘risida maʼlumotlar bor bo‘lsada, bu maʼlumotlar uni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun yetarli bo‘lmagan shaxs. Shaxsni gumon qilinuvchi tariqasida e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.

jinoyat sudlov ishlari yuritishning ishtirokchisi sifatida qonunga muvofiq, jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan biror holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs.

O‘zbekistonda joylardagi oliy mansabdor shaxs, mahalliy vakillik va ijro hokimiyati boshlig‘i. Hokimlar mahalliy vakillik hokimiyatini ham boshqaradi, yaʼni ular ishini tashkil etadi. Hokimlik lavozimi viloyatlarda, tumanlarda va shaharlarda mavjuddir. Ularning vakolat muddati – besh yil.

homiylikni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.

huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan fakt va voqealarni tasdiqlovchi, lozim darajada tuzilgan va zaruriy rekvizitlari (shtamp, imzo, muhr, sana, tartib raqami) mavjud bo‘lgan yozma rasmiy ish qog‘ozi.

davlat tomonidan oʻrnatiladigan va muhofaza etiladigan huquqlarni himoya qiladigan qoidalar yigʻindisi.

fuqarolarning huquqlaringizni himoya qiladigan shaxs.