narrator-icon
Foydali ma'lumotlar va qo'llanmalar
image
Hokim bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 120-moddasiga asosan, “Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas”.

Hokim bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas

PDF


Mazkur norma mahalliy darajada vakillik va ijro etuvchi hokimiyat funksiyalari ajratiladi. Hokimlarning Xalq deputatlari kengashlariga boshchilik qilishi haqidagi qoidaning chiqarilishi, ularning Kengashlar oldida masʼuliyatini oshirishga, hokimliklar faoliyati ustidan Kengash va deputatlar nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kiritilayotgan yangilik xalq deputatlari Kengashi faolligini oshiradi va natijada jamiyatning vakillik demokratiyasiga ishonchi va buning taʼsirida siyosiy faolligi, mahalliy davlat boshqaruvi jarayonlaridagi ishtiroki kengayadi.

Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy boʻgʻinga aylantirishga xizmat qiladi. “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirishga xizmat qiluvchi hokimlik idoralari rahbarlarining xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobot beradigan samarali tizim yoʻlga qoʻyiladi. Eng muhimi, hokimlarni oʻzlari qaror qabul qilib, oʻzlari boshchilik qiladigan kengashlarda ushbu qarorlarni tasdiqlatish, keyinchalik uning ijrosini nazorat qilish kabi amaliyotga chek qoʻyiladi.

Ushbu yangilik asosida Kengashlarning faoliyati, avvalambor, mahalliy aholi manfaatlaridan kelib chiqib qarorlar qabul qilishga yoʻnaltirilsa, hokimning faoliyati esa mazkur qarorlarni ijro qilishga qaratiladi.